+998 78 150-69-96
+998 78 150-92-92

 «A» toifadagi omborlar

«A» toifadagi omborlar logistikaning yuksak talablariga javob beradi.

«A» toifadagi omborlar – istalgan turdagi yuklarni saqlash uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni ta’minlashga mo’ljallangan ixtisoslashgan inshootlardir.

Binoning turi: «A» toifadagi ombor xonalari metall konstruktsiyalari yoki sendvichpaneldan qurilgan bir qavatli va bir hajmli binolardir. Ular 1994 yildan so’ng ombor xonalari sifatida foydalanish uchun maxsus qurilgan. Shiftlarning balandligi kamida 10 metrni tashkil qiladi, bu esa yuklarni qavatma-qavat saqlash imkonini beradi.

Ichki konstruktsiyalari: Kolonnalar o’rtasidagi masofa kamida to’qqiz metrni va tiragichlar oralig’i kamida yigirma to’rt metrni tashkil qiladi.

Qurilgan maydon ellik besh foizdan ortiq emas.

Pol qoplamasi: Tekis beton pol chang tutmaydigan qoplama bilan qoplangan. Yergacha bo’lgan masofa bir metr yigirma santimetrni tashkil qiladi. Pollar bir kvadrat metrga kamida besh tonna yuklamani ta’minlab beradi.

Xavfsizlik tizimlari: ombor binosi qo’riqlash va videokuzatuv tizimlari bilan jihozlanadi. Biron-bir uchastkada signalizatsiya ishlab ketgani to’g’risidagi xabarlar va kuzatuv kameralaridan suratlar kelib tushadigan xavfsizlik xizmati navbatchi xodimining pulti mavjud. Yong’indan xavfsizlik yong’in to’g’risida ogohlantirish tizimi, shuningdek, yong’inni avtomatik o’chirishning kukunli yoki sprinklerli tizimi bilan ta’minlanadi.

Elektr ta’minoti va kommunikatsiyalar: Ushbu toifadagi omborlar mustaqil elektr podstantsiyasi bilan jihozlangan. Isitish alohida xususiy issiqlik bog’lamasi evaziga ta’minlanadi. Issiq va sovuq suv ta’minoti va kanalizatsiya kiritilgan.

Yuklash-tushirish konstruktsiyalari: «A» toifadagi omborlar yetti yuz kvadrat metr yuzaga bitta darvoza hisobidan dok turidagi darvozalar bilan jihozlanadi. Darvozalar balandligi boshqariladigan (dock levelers) yuklash-tushirish maydonchalari bilan jihozlangan.

Idoraviy va yordamchi xonalar: Ombor hududida idoraviy xonalar, xodimlarni dam olish xonalari, hojatxonalar, yuvinish xonalari, boshqa xizmatchi xonalari bor.

Telekommunikatsiyalar: Ma’lumotlar tola-optik aloqa kanallari bo’ylab uzatiladi. Telefon aloqasi bilan o’zining avtomatik telefon tarmog’i ta’minlab beradi.

Nazorat va hisobga olish tizimlari: Ombor hududida propuska rejimi, xodimlarni kirishi va hisobga olish tizimi amal qiladi. Yuklarning barcha harakati yuklarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimida qayd qilinadi.

Yondosh hudud: Yetarli darajada yoritilgan obodonlashtirilgan hudud. Ombor binosi tun-kun qo’riqlanadi.

Avtotransport uchun turarjoy: Og’ir yukli transport uchun qo’nalg’a va muddatli turish zonalari bor. U yerda transportning to’siqsiz manevr qilishi ta’minlangan.

Temir yo’l bilan bog’lanish: Bevosita ombor binosiga tutashuvchi temiryo’l shoxobchasi bo’lishi maqsadga muvofiq.

Joylashgan o’rni: Ombor binosi yirik transport harakat yo’nalishlari yaqinida joylashadi va og’ir yukli transport harakatini ta’minlovchi kirish yo’liga ega.